Oʻzbek

O’zbek tiliga(dan) yozma va og’zaki tarjima xizmatlari

«Eurasian Linguistics» kompaniyasi – o’zbek tiliga(dan) professional og’zaki va yozma tarjima qilish va hamda mahalliylashtirish xizmatlarini ta’minlovchi universal kompaniya. Kompaniyamiz 2000 dan ortiq mutaxassis tilshunoslar tarmog’i yordamida kelishilgan muddatlar va byudjetga rioya qilgan holda o’zbek tiliga(dan) yuqori sifatli yozma va og’zaki tarjima xizmatlarini taqdim etadi. Bundan tashqari, kompaniyamiz mahalliylashtirish va boshqa ko’plab tillarga(dan) og’zaki va yozma tarjima qilish xizmatlarini ko’rsatadi.

Shuningdek, «Eurasian Linguistics» ISO 17100 (tarjima sifatining xalqaro standarti) standartiga to’liq akkreditatsiyalangan kompaniya bo’lgani tufayli o’zbek tiliga(dan) tarjimalaringiz eng yuqori sifat standartlariga muvofiq bo’lishiga amin bo’lishingiz mumkin.

O’zbek tiliga(dan) og’zaki va yozma tarjima yoki boshqa aloqador xizmatlarning narxini bilish uchun +44 (0)118 3800 432 telefon raqamiga qo’ng’iroq qiling yoki ask@eurasianlinguistics.com manziliga elektron maktub jo’nating.

Biz quyidagi xizmatlarni taqdim etamiz:

Ushbu xizmatlar ko’plab boshqa tillar uchun ham ko’rsatiladi.

Kompaniyamiz o’zbek tiliga(dan) og’zaki va yozma tarjimalar qilishga ixtisoslashgani sababli biz sizning ehtiyojlaringizni qondiradigan o’zbek tiliga(dan) maxsus va asosan yuridik va biznes mavzulardagi og’zaki va yozma tarjima xizmatlarini taklif eta olamiz. Shu bilan birga, boshqa mavzularda (masalan, tibbiyot va texnika mavzularida) ham tarjima xizmatlarini ko’rsatish imkoniyatlariga egamiz.

Yuridik mavzu

Bizning yuridik sohadagi ekspert o’zbek tarjimonlarimiz yuridik terminologiyani qo’llash bo’yicha maxsus tayyorgarlikdan o’tgan. «Eurasian Linguistics» kompaniyasi quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:

Biznes mavzu

Bizning tilshunos mutaxassislarimiz tegishli tajriba va ko’nikmalarga ega bo’lgani sababli «Eurasian Linguistics» kompaniyasi o’zbek tilidagi hujjatlarni yuqori sifatli va mijozlarimiz talablarini qondiradigan yozma tarjima qilish, mahalliylashtirish va og’zaki tarjima qilish xizmatlarni taqdim etadi:

 

«Eurasian Linguistics» kompaniyasi yuridik va biznes mavzulardagi og’zaki va yozma tarjima va hamda mahalliylashtirish xizmatlarini taqdim etishga ixtisoslashgan, ammo biz boshqa soha va yo’nalishlarda ham o’zbek tiliga(dan) og’zaki va yozma tarjima xizmatlarini taklif etamiz. «Eurasian Linguistics» kompaniyasi quyidagilarni tarjima qiladi:

 

Bundan tashqari, «Eurasian Linguistics» kompaniyasi reklama va marketing materiallari, san’at galereyalarining broshyuralari, nikoh to’y nutqlari va nufuzli mukofot marosimlari uchun senariylarni tarjima qilish xizmatlarini amalga oshirdi.

«Eurasian Linguistics» kompaniyasi o’zi yoki professional tilshunoslar nomidan o’zbek tiliga(dan) sertifikatlangan tarjima xizmatlarini taklif etadi. Tarmog’imizdagi bir qator tilshunoslar qonunchilik va ma’muriy huquqshunoslik talablariga muvofiq “sertifikatlangan” yoki “rasmiy” tarjima faoliyatini amalga oshirish bo’yicha to’liq vakolatlarga ega bo’lgan “qasamyod qilgan” yoki “rasmiy” tarjimonlardir.

Bir qator notarial idoralar (shu jumladan Londondagi eng nufuzli notarial idora) bilan hamkorlikda biz Tashqi ishlar vazirligida apostil orqali legallashtirish va hujjatlarni notarial tasdiqlash xizmatlarni taklif qilamiz.

Bizning tarjima va mahalliylashtirish sohasida faoliyatimizning aksariyat qismi asosan ingliz tili bilan bog’liq bo’lsa-da, bizning tarjimonlarning aksariyati boshqa tillar bilan ishlashga qodir. Shunday qilib, «Eurasian Linguistics» kompaniyasi ingliz tilini e’tiborga olmaydigan, ya’ni o’zbek-rus yoki fransuz-o’zbek va boshqa juftliklarda og’zaki va yozma tarjima qilish va mahalliylashtirish xizmatlarini taqdim etadi.

Kompaniyamiz sizning hujjatlaringiz va ma’lumotlaringiz xavfsizligini ta’minlaydi, chunki biz ma’lumotlar bazasini muhofaza qilishni ta’minlash uchun Umumiy ma’lumotlarni himoya qilish to’g’risidagi Nizom (GDPR) talablariga muvofiq tizim va texnologiyalardan foydalanamiz. Bizning barcha tilshunoslarimiz maxfiylik shartnomalarni imzolashi majbur. Shuningdek, biz siz talab qilgan har qanday maxsus maxfiylik shartlarga rioya qilishimiz mumkin.

 

+44 (0) 118 3800 432 raqamiga qo’ng’iroq qiling yoki ask@eurasianlinguistics.com manziliga elektron maktub jo’nating va biz sizga xizmatlarimizning narxi haqida ma’lumot beramiz yoki o’zbek tiliga(dan) og’zaki tarjima xizmatlari, o’zbek tiliga mahalliylashtirish xizmatlari va o’zbek tiliga(dan) hujjatlarni tarjima qilish xizmatlari qanday qilib sizning ehtiyojlaringizni qondira olishini muhokama qilamiz.

GET IN TOUCH

Please drop us a line to get a bespoke quote or request a callback to discuss your translation / interpreting needs.

CONTACT US